Tashkilotlar bilan qanday ishlaymiz

Karandash — ofis, klinika, o‘quv markazi, restoran va ishlab chiqarish korxonalarini muntazam ta’minlovchi platforma. Buyurtmani onlayn berasiz, hujjatlarni menejer tayyorlaydi.

  1. 1-qadam

    Ro‘yxatdan o‘ting

    Telefon raqamini tasdiqlaysiz va tashkilot rekvizitlarini (nomi, STIR, mas’ul shaxs) kiritasiz.

  2. 2-qadam

    Menejer tasdiqlaydi

    Tashkilot tasdiqlangach bank o‘tkazmasi va shartnoma asosida to‘lov usullari ochiladi.

  3. 3-qadam

    Buyurtma bering

    Kerakli qadoqni tanlaysiz, savatni yig‘asiz va rasmiylashtirasiz. Hujjatlar buyurtma bilan birga tayyorlanadi.

  4. 4-qadam

    Har oy takrorlang

    Oldingi buyurtmani bir bosishda qayta yuborasiz — ro‘yxatni qaytadan yig‘ish shart emas.

Qadoq bo‘yicha narxlar

Har mahsulot bir nechta qadoqda sotiladi va har qadoqning o‘z narxi bor. Masalan, ruchka: dona — 5 000 so‘m, pachka (12 dona) — 54 000 so‘m, karobka (240 dona) — 960 000 so‘m. Siz aynan kerakli qadoqni tanlaysiz; miqdor tanlangan qadoq sonini bildiradi.